“Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlardan biri bo‘lgan olako‘zanning hayoti saqlab qolindi
Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga telefon orqali Qo‘shko‘pir tumanidagi G‘ozovot qishlog‘ida nomaʼlum bir jonivorni yarador holatida topishgani haqida murojaat kelib tushdi

“Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlardan biri bo‘lgan olako‘zanning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum bo‘lishicha, Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga telefon orqali Qo‘shko‘pir tumanidagi G‘ozovot qishlog‘ida nomaʼlum bir jonivorni yarador holatida topishgani haqida murojaat kelib tushgan. Murojaat yuzasidan Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan ishchi guruh shakllantirilib, aytilgan hududga borib o‘rganish olib borildi.

Qo‘shko‘pir tuman inspeksiyasi inspektorlari bu yarador jonivor “Qizil kitob”ga kirgan olako‘zan ekanligini aniqlashdi. Uning ahvolini ko‘zdan kechirishib, birlamchi veterinariya yordamini ko‘rsatishdi va shundan so‘ng tabiatga qo‘yib yuborishdi.








