Jamiyat

Qo‘qon shahrida IIO xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

200 AQSH miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan

Qo‘qon shahrida IIO xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 5 iyul kuni sud tomonidan Jinoyat kodeksining 96-moddasiga asosan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan fuqaro A.O‘. Qo‘qon shahar IIO FMB Probatsiya bo‘limi katta inspektori A.N.ga murojaat qilib, o‘ziga nisbatan tayinlangan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini ijro etmaslik evaziga 200 AQSH miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro A.O‘.ga Qo‘qon shahar IIO FMB Probatsiya bo‘limi katta inspektori A.N tomonidan huquq va majburiyatlari tushuntirilib, harakatida pora berish jinoyati borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantirilib, jinoyatdan qaytarishga harakat qilinishiga qaramasdan, fuqaro pora taklif qilishda davom etgan.

Holat yuzasidan, fuqaro A.O‘. katta inspektor A.N.ga 100 AQSH dollari va 400.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, ushbu pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Qo‘qon shahrida IIO xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi | Zamon.uz