Samarqand va Surxondaryoda sodir bo‘lgan uchta YTH oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi
Samarqand viloyatida 5−6 iyul kunlari odam o‘limi bilan sodir bo‘lgan ikkita YTH ro‘y berdi.


Samarqand viloyati Toyloq tumanida Spark rusumli avtomobil yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi, deya xabar bermoqda YHXBB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 5 iyul kuni soat 04:38 larda Tayloq tumanidan o‘tuvchi M-39 Bishkek-Olmaota-Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lida Samarqand tumanida yashovchi 1980 y. t. haydovchi Spark avtomashinasini Termiz-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib kelayotib, belgilangan tezlikni oshirishi tufayli boshqaruvni yo‘qotgan.
Oqibatda yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan. Haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan.







