Jamiyat

9 iyul uchun kutilayotgan ob-havo maʼlumoti

8 iyulda O‘zbekistonda havo harorati iqlimiy meʼyorlardan 5-8 darajaga yuqori bo‘lgan juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari havo 41-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-46 darajagacha isiydi.

9 iyul uchun kutilayotgan ob-havo maʼlumoti

 

 

8-10 iyulda respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-27 daraja, kunduzi 40-42 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayadi, baʼzi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayadi, baʼzi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.
 
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayadi, baʼzi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja, baʼzi joylarda 42 darajagacha bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayadi, baʼzi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 39-46 darajagacha bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s. gacha kuchayadi, baʼzi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 38-43 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayadi, baʼzida 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

9 iyul uchun kutilayotgan ob-havo maʼlumoti | Zamon.uz