Donald Tramp Facebook, Twitter va Google kabi texnologik gigantlarni sudga berishini eʼlon qildi
Tramp ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini zudlik bilan to‘xtatish va "Amerika xalqining noqonuniy va sharmandali senzurasiga" chek qo‘yishni talab qildi.

"Ular aynan shu bilan shug‘ullanadi. Biz akkauntlarni soyadan turi bloklash, sukut saqlash va qora ro‘yxatlarga barham berishni talab qilamiz", - dedi sobiq prezident.
Shuningdek, u "bu gigant ijtimoiy tarmoqlarga jarima sanksiyalarini qo‘llash" zarurligini aytdi.
Shuningdek, u mazkur sud jarayoni butun mamlakat uchun muhim o‘zgarish nuqtasi bo‘lishiga umid bildirdi.
Donald Tramp aqsh prezidenti lavozimini bajarayotgan so‘nggi haftalarida uning Twitter, Facebook va Instagram sahifalari faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan edi. Bu 6 yanvar kuni Tramp tarafdorlarining Vashingtondagi Kapitoliy tepaligiga hujumi bilan bog‘liq.
Akkauntlari bloklangunicha Trampni Twitter´da qariyb 89 mln, Facebook´da 35 mln va Instagram´da 24 mln foydalanuvchi kuzatardi.
Sharofat Mahmudova







