Jamiyat

Maktabgacha taʼlim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Shodiyor Mamatqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan maktabgacha taʼlim vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Maktabgacha taʼlim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

 

 

Maʼlum qilinishicha, Nodir Muslitdinov maktabgacha taʼlim vazirining yangi o‘rinbosariga aylangan. Bungacha u Moliya vazirligida faoliyat yuritgan.

 

 

Eslatib o‘tamiz, Shodiyor Mamatqulov 2018 yilning mayida O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan maktabgacha taʼlim vazirining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Maktabgacha taʼlim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi | Zamon.uz