Jamiyat

Nurafshondagi yashirin sexda qariyb 400 kg sifatsiz go‘sht aniqlandi

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida isteʼmolga yaroqliligi to‘g‘risida maʼlumotnomasi bo‘lmagan go‘sht sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Nurafshondagi yashirin sexda qariyb 400 kg sifatsiz go‘sht aniqlandi

 

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Nurafshon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Z.Yu. va N.X. oldindan til biriktirib, isteʼmolga yaroqliligi to‘g‘risida maʼlumotnomasi bo‘lmagan 50 kilogramm go‘shtni har bir kilosini 42 ming so‘mdan hisoblab, jami 2,1 million so‘mga fuqaroga sotayotgan vaqtida ushlangan.

 

Tadbir jarayonida Z.Yu.ga qarashli uyning omborxonasida tashkil etilgan yashirin sexdan 386 kilogramm sifatsiz go‘sht ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Nurafshondagi yashirin sexda qariyb 400 kg sifatsiz go‘sht aniqlandi | Zamon.uz