Jamiyat

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 90 mingga yaqin kishi koronavirusga qarshi emlandi

O‘zbekistonda 7 iyul kuni mamlakat hududlari bo‘ylab 131 143 doza COVID-19‘ga qarshi vaksina qo‘llanildi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Ulardan 89 913 dozasi birinchi bosqichda, 21 550 dozasi ikkinchi bosqichda hamda 19 680 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan.

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 90 mingga yaqin kishi koronavirusga qarshi emlandi

 

 

Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi jami 4 492 365 doza vaksinadan foydalanilgan, ularning 1 369 932 dozasi ikkinchi va 441 990 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 2 680 533 kishini tashkil etmoqda.

7 iyul kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni

  • Farg‘ona viloyati (21 658 doza),

  • Namangan viloyati (19 104 doza),

  • Andijon viloyati (18 070 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar

  • Namangan viloyatida 554 976 doza,

  • Farg‘ona viloyatida 537 255 doza,

  • Andijon viloyatida 515 548 dozani tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 90 mingga yaqin kishi koronavirusga qarshi emlandi | Zamon.uz