Qashqadaryoda yurib ketayotgan Nexia yonib ketdi
Qashqadaryoda yurib ketayotgan Nexia yonib ketdi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yurib ketayotgan Nexia-2 yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. Maelum bo‘lishicha, voqea 2021 yilning 7 iyul kuni kech soat 22:16 da sodir bo‘lgan.
«Qarshi shahrining Nasaf ko‘chasida harakatlanib borayotgan Nexia-2 avtomobilida yong‘in chiqqan. 2011 yilda ishlab chiqarilgan avtomobil Qarshi tumani ‘Uzumzor‘ MFYda yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan R.R. boshqaruvida bo‘lgan», — deydi boshqarma axborot xizmati rahbari Sohib Vaitov.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida avtomobilning old qismi yongan. Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida hech kim jarohat olmagan.







