Samarqand viloyatida birinchi elektr quvvatlash bekati paydo bo‘ldi
Samarqand viloyatida birinchi elektr quvvatlash bekati paydo bo‘ldi. Bu haqda PlugShare maʼlumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.


Taʼkidlanishicha, bu Megawatt kompaniyasining GB-T DC 30KWt quvvatlash qurilmasidir. Bekat Bulung‘ur tumanida joylashgan.
O‘zbekistondagi birinchi elektr zaryadlovchi qurilmalar Farg‘onada, keyin Toshkent shahri va Toshkent viloyatida paydo bo‘ldi. Ular xususiy kompaniyalar tomonidan turli maqsadlar uchun o‘rnatilmoqda:
-
Makro supermarketlari atrofida elektr zaryadlash tarmog‘ini qurmoqda;
-
TokBor kompaniyalarga zaryadlash o‘rnatish xizmatlarini taklif etadi;
-
Megawatt elektr transport vositalari sotuvchisi sifatida infratuzilmani barpo etmoqda.
Hozirga kelib, PlugShare xaritalarida allaqachon 23 ta zaryadlovchi qurilmalar ko‘rsatilgan. Bir yil oldin ularning soni 3 ta edi.







