Turkmanistonda 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolar uchun koronavirusga qarshi majburiy vaksina oladi
Turkmanistonda 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolar uchun koronavirusga qarshi majburiy emlash eʼlon qilindi.

Turkmanistonda 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolar uchun koronavirusga qarshi majburiy emlash eʼlon qilindi. Mamlakatda Rossiyaning Sputnik V va Epivakkorona hamda xitoyning CoronaVac vaksinalaridan foydalanilmoqda.
"18 yoshdan katta bo‘lgan barcha fuqarolar, agar COVID-19 ga qarshi profilaktik emlashni olish uchun tibbiy qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, ular emlanadilar", deyiladi mamlakat Sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi bayonotida.
Maʼlumki, Turkmaniston O‘rta Osiyoda koronavirus infeksiyasining biron bir holati rasmiy ravishda qayd etilmagan yagona davlatdir.







