0

O‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan firibgar va uning sherigi qo‘lga olindi

O‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan firibgar va uning sherigi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston milliy axborot agentligi.

O‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan firibgar va uning sherigi qo‘lga olindi

Fuqarolarni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan firibgar va uning sherigi ushlandi. Bu haqda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi ofitseri katta leytenant Murodjon Raxmatulloyev O‘zAga maʼlum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro Sh.Sh. 2 nafar fuqaroni vakolatli tanishlari orqali Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 000 aqsh dollarini olgan vaqtida ushlandi. Uning ko‘rsatuvlariga asosan davom etgan tadbirda, yana bir fuqaro U.J. sherigi fuqaro Sh.Sh.dan 4 000 aqsh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"