“Milliy tiklanish”ning yangi ramzi maʼqullandi
Ramzning tavsifi quyidagicha:


Yashil rangdagi yarim oy, unumdor zamin bilan birga muqaddas qadriyatlarga ishora.
Moviy rangdagi zamin xalq ning halol va pok ruhiyati nishonasi.
Simurg‘ qushi – Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” asaridan olingan farovonlik va tiklanish ramzi bo‘lib, fikrlar va g‘oyalar turli bo‘lsa ham yagona maqsad yo‘lida birlashishga chaqiradi.
Navoiy dunyoning turli joylariga farovonlik qushi Simurg‘ni izlab, xarob bo‘lgan o‘ttiz qush uni izlamasdan birlashganlarida Simurg‘ (o‘ttiz qush-forscha) ularning birlashgan holati ekanligini taʼkidlaydi. Bu haqda Effect.uz xabar berdi.







