Namanganda qo‘shimcha koronavirusni davolash va taqsimlash markazi qayta tiklandi
Koronavirusga chalinish holatlari ortgani sababli, 2020-yil Namangan viloyati “Barkamol avlod” sport majmuasida tashkil etilgan va kasallanish ko‘rsatkichlari kamayishi natijasida tugatilgan davolash markazi qayta tiklandi.


Markazda hozirgi kunda 400 ga yaqin bemorni davolashga mo‘ljallangan o‘rinlar tashkil etilgan va 100 nafarga yaqin malakali tibbiyot xodimlari markazda ishlashga jalb qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 iyul sanasida Namangan viloyatining 25 nafar fuqarosida koronavirus infeksiyasi, 35 nafarida esa pnevmoniya holati aniqlangan. Bugungi kunga qadar COVID-19 bilan kasallangan bemorlar Namangan shah







