Oq uy Baydenning iqtisodiyotdagi raqobatni kuchaytirishga qaratilgan qarorini eʼlon qildi
Baydenning yangi qarori tovarlar va xizmatlar narxi pasayishi, ish haqi oshishi, innovatsiyalar joriy etilishi va iqtisodiyot o‘sishiga xizmat qiladi.


Oq uy bayonotida aytilishicha, o‘n yillar davomida AQSHda korporatsiyalar birlashuvi jarayoni davom etgan, bu esa o‘z navbatida Amerika iqtisodiyotining turli sohalari, jumladan sog‘likni saqlash, moliya, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarning 75 foizi sanoqli kompaniyalar nazoratiga o‘tib ketishiga olib kelgan. “Raqobatning yo‘qolishi isteʼmolchilar uchun narxlar oshishiga olib keladi, raqobatning mavjud bo‘lmasligi shuningdek ishchilar uchun ish haqining pasayishiga ham sabab bo‘ladi” deyiladi bayonotda.
Oq uyga tayanib maʼlumot bergan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra iqtisodiyot tarmoqlarining yirik kompaniyalar qo‘lida to‘planishi ortidan hozirning o‘zida ish beruvchilar maoshlarga ajratiladigan pullarni 17 foizga qisqartirishgan, millionlab amerikaliklar raqobatsiz sharoitda taqdim etilgan shartnomalar tuzishga majbur bo‘lishmoqda. Buning ortidan hozirda har bir AQSH oilasi yiliga 5000 $ zarar ko‘rmoqda.
Ushbu qaror o‘ndan ortiq federal tashkilotlarga qaratilgan 72 tashabbusni o‘z ichiga olib, bu tashkilotlar prezident qarorining bevosita ijrosi bilan shug‘ullanishadi.







