18 yoshli fuqaro ikkita mashinani tunadi
Namangan viloyati IIB Axborotxizmati xabar berishicha, 2021 yil 5 iyul kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 5 iyul kuni o‘ziga biriktirilgan “Damas” rusumli avtomashinasini Namangan shahar ko‘chasida eshiklarini ochiq holda qarovsiz qoldirganligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, avtomashina salonida bo‘lgan jami narxi 6.200.000 so‘m bo‘lgan telefon va telefon qurilmalarini olib ketgan.


Yangi Namangan tumani Jinoyat qidiruv bo‘limi vakillari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv-surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, shu yil 25 iyun Namangan shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaroni “Jentra” rusumli avtomashinasini yashash uyi oldida qarovsiz holda qoldirganligidan foydalanib, avtomashina salonida bo‘lgan 6.000.000 so‘m pullarni o‘g‘irlab ketganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha 2021 yil 6 iyul kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.







