Avstraliya qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etdi
Shunday qilib, ushbu harbiy kampaniya nihoyasiga yetgan.

Shu bilan birga Avstraliya Qo‘shma Shtatlar bilan boshqa kampaniyalarda ishtirok etishda davom etishini taʼkidladi.
Mamlakat tashqi ishlar vazirligining maʼlumotlariga ko‘ra, 2001 yildan buyon Avstraliya qurolli kuchlarining 39 mingdan ortiq harbiylari Afg‘onistondagi harbiy kampaniyada qatnashgan. So‘nggi yillarda u yerda 1500 askar va 80 kishilik ofitserlar korpusi bo‘lgan.







