Jamiyat

«Хaromdan qo‘rqmaganlar» nomi bilan tarqalayotgan videotasvir yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi

Toshkent shahar IIBB xodimlari Internet tarmog‘ida tarqalayotgan ayol va erkak kishining do‘kondan o‘g‘rilik sodir etayotganligi videokuzatuv kamerasiga tushib qolgan video tasvirni o‘rganib chiqdi va quyidagilarni maʼlum qildi.

«Хaromdan qo‘rqmaganlar» nomi bilan tarqalayotgan videotasvir yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi

 

 

Xabarda aytilishicha, mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBBga ariza kelib tushmagan. Shunga qaramasdan, Toshkent shahar IIBB xodimlari videotasvirni o‘rganib, avtomobil raqami orqali haydovchini va avtomobil egasini shaxsini aniqlashdi. “Captiva” (davlat raqami 01 D 080 NA) rusumli avtomobil 30 yoshli A. D.ga tegishli, lekin ko‘pincha transport vositasini ishonchnoma orqali uning akasi 41 yoshli Anvar D. boshqargan. Ushbu fuqaro topilib, holatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar IIBBga chaqirtirilgan. Anvarning so‘ziga ko‘ra, holat 2021 yil 26 iyun kuni taxminan soat 21.00 larda, Toshkent viloyati Toshkent tumani Ravnaq ko‘chasida sodir bo‘lgan.

 

Do‘kon egasi Toshkent viloyati IIBBga ariza bilan murojaat qilib, haqiqatdan ham o‘g‘irlik yuz berganligini tasdiqlagan.

 

«Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi» deya xabar qilinadi Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabatida.