Jahon

Qirg‘izistonda Turkiya fuqarolariga noqonuniy pasport berish bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahar politsiyasi 2016 yilda Turkiya fuqarolariga noqonuniy pasport berilishi bilan bog‘liq holat yuzasidan korrupsiya moddasi bo‘yicha sudgacha bo‘lgan tergov jarayonini boshladi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qirg‘izistonda Turkiya fuqarolariga noqonuniy pasport berish bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Maʼlumotlarga ko‘ra, hujjatlarni noqonuniy rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qaror mamlakat prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiya tomonidan qabul qilingan va davlat rahbari tomonidan maʼqullangan. O‘sha paytda Qirg‘izistonni Almazbek Atamboyev boshqargan.

«Tergov jarayonida 2016 yilda Turkiyaning 10 nafar fuqarosini Qirg‘iziston fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida noqonuniy qaror qabul qilingani aniqlandi», deyiladi vazirlik xabarida.

Maʼlum qilinishicha, Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining korrupsiya to‘g‘risidagi 319-moddasi moddasiga ko‘ra, ushbu jinoyatga qo‘l urgan shaxsga nisbatan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish shaklida eng yuqori jazo belgilangan bo‘lib, ushbu hukm jinoyat jinoiy guruh manfaatlari yo‘lida sodir etilgan bo‘lsagina amal qiladi.

«Hozir tergovchilar jinoyatga aloqador shaxslarni aniqlamoqda», deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Maʼlumot uchun, 2019 yil avgustda qo‘lga olingan Almazbek Atamboyev bir qator jinoyatlarda ayblanib, 11 yilu 2 oy qamoq jazosiga hukm qilingan. Unga qo‘yilgan asosiy ayblov sifatida kriminal Aziz Batukayevni ozodlikka chiqarish keltirilgan. 2013 yilda 16 yil qamoq jazosiga hukm qilingan Batukayev muddati yakunlanmay turib ozodlikka chiqarilgan. Atamboyev prezidentlikdan ketgach, bu ish borasida tekshiruv boshlangan. Atamboyev aybini tan olmagach, harbiylar uning uyiga bostirib kirib, qo‘lga olgandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qirg‘izistonda Turkiya fuqarolariga noqonuniy pasport berish bo‘yicha jinoyat ishi ochildi | Zamon.uz