Jamiyat

15-16 iyul kunlari Tashkent city atrofidagi ko‘chalar yopiladi

15-16 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopiladi.

15-16 iyul kunlari Tashkent city atrofidagi ko‘chalar yopiladi

 

 

Xususan, tadbirni o‘tkazish jarayonida 15 va 16 iyul kunlari Tashkent city majmuasi atrofidagi quyidagi yo‘llar transport vositalari harakatlanishi uchun yopiladi:

 

  • Islom Karimov ko‘chasi: Turobto‘la ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

  • Furqat ko‘chasining mahalliy yo‘li: Islom Karimov ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha;

  • Olmazor ko‘chasi: Beshyog‘och ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

 

Bundan tashqari, ushbu ko‘chalarga tutash yo‘llarda harakatlanish vaqtincha cheklanishi mumkin. Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga boshqa aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi joriy haftaning eng muhim tadbirida 600dan ortiq ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.

15-16 iyul kunlari Tashkent city atrofidagi ko‘chalar yopiladi | Zamon.uz