Jamiyat

Hafta davomida o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Haftaning aksariyat qismida O‘zbekistonda +37 darajagacha bo‘lgan o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Hafta davomida o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

 

 

“O‘zgidromet” 12-16 iyul kunlari O‘zbekistonda kuzatilishi kutilayotgan ob-havo maʼlumotini taqdim etdi. Unga ko‘ra, haftaning katta qismida o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi.

 

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni yoz oylarining o‘rtasi uchun o‘rtacha ko‘p yiliik qiymatlarga yaqin bo‘lgan havo harorati bilan past bosimli maydon aniqlaydi.

 

Havo harorati kechalari 18-23 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja, janubda 40-42 darajagachani tashkil etadi.

 

Respublika hududining katta qismida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim kunlarda O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek, 13 iyulda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

 

13-15 iyulda respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s.gacha mahalliy kuchayishi mumkin.

Hafta davomida o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda | Zamon.uz