O‘zbekistonga iyun oyida xorijdan qancha pul jo‘natilgani maʼlum qilindi
Markaziy bank maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2021 yilning yanvar—iyun oylarida xorijdan yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi 3,3 milliard dollarni tashkil etdi. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga ko‘p.


Mamlakatga 2021 yil boshidan buyon yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi har oy ortib borgan. Yanvar oyida 427 million dollar yuborilgan bo‘lsa, fevralda 463 million dollar, mart oyida 525 million dollar, aprelda 577 million dollar, mayda 616 million dollar yuborilgan. Iyunda esa bu ko‘rsatkich 720 million dollarni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, pul o‘tkazmalari hajmi ortgani aholining isteʼmol va investitsion faolligini qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu omillar, o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida taklif hajmining barqaror bo‘lishi va milliy valyuta kursi shakllanishida muhim rol o‘ynadi.







