Jamiyat

Rasul Kusherbayev koronavirusga qarshi xitoy-o‘zbek vaksinasi bilan emlandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda u o‘zining Telegram‘dagi kanali orqali maʼlum qildi.

Rasul Kusherbayev koronavirusga qarshi xitoy-o‘zbek vaksinasi bilan emlandi

 

 

«Bugun ertalabdan to‘g‘ri Yangiyo‘l shahridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaga borib, el qatori koronavirusga qarshi Xitoy—O‘zbekiston hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini oldim. Hammasi joyida», — deb yozadi deputat.

 

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi 26 iyun kuni «Men vaksina oldim» aksiyasi boshlanganini eʼlon qildi. Aksiya doirasida vazirlik matbuot xizmati deyarli har kuni vaksina olgan yuqori martabali o‘zbekistonliklar haqida axborot berib kelmoqda. Ular orasida katta tibbiyot muassasalari rahbarlaridan tortib, viloyat hokimi-yu vazirlargacha bor.

Rasul Kusherbayev koronavirusga qarshi xitoy-o‘zbek vaksinasi bilan emlandi | Zamon.uz