2016-2020-yillarda eksport hajmi 72.5 milliard AQSH dollarini tashkil etgan
2016-2020-yillarda eksport hajmi 72.5 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.


Bugun AOKAda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ishtirokida “O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish samaradorligini tahlil qilish va baholash” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Abdurahmonov maʼlumot berdi. 2020-yilda 15.1 milliardlik eksport amalga oshirildi. Dunyoda pandemiya hukm surayotganiga qaramasdan bu 2016-yilga nisbatan 25 foiz ko‘pdir.
Shuningdek, eksportda sanoat mahsulotlari ajmi 169 foizga oshdi. Masalan, paxta tolasi eksporti kamaygan, lekin klasterlarda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar hisobiga tikuv va trikotaj maxsulotlari eksporti ikki baravarga oshib, 1 milliard dollarni tashkil etdi. Xomashyo eksporti 22 foizga kamayib, 732 million dollarni tashkil etmoqda. Shuningdek, yangi bozorlar hisobiga 136 million dollarlik qo‘shimcha eksport amalga oshirildi.







