Yozuvchi Dadaxon Nuriy 78 yoshida vafot etdi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adib Dadaxon Nuriy vafot etdi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi.


Dadaxon Nuriy 1943 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining Sharq fakultetini tamomlagan.
Dastlabki lirik qissasi — «Oqshom qo‘shiqlari» (1963). Shundan so‘ng yozuvchining “Begona” (1968), «Bog‘larda bahor», «Mashina Kashmirga boradi» (1970—71), «Osmon ustuni» (1976), «Shahar tegirmoni» (1990), “Begona” (1991) kabi kitoblari nashr etilgan.
Esse, sayohatnoma janrida ham asarlar yozgan («Daricham ro‘parasidagi Pokiston» – 1996 yil; «Oltin devor tirqishidan»–1998; «Azim chinorlar panohida» – 2005; «Ram sohibdan hammaga salom» – 2007). Ayniqsa, yozuvchining “Boysun junglilaridan Kandi o‘rmonlarigacha”, «To‘qilmagan sarguzashtlar» kitobi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otgan.
Dadaxon Nuriy so‘nggi yillarda «Niqobsiz Amerika va boshqa manzilgohlar» (2010), «Olisdagi dala bog‘», “Iztirob” (2017), «Vijdon hayqiriqlari» (2018) kabi kitoblarni yozdi.
Asarlari hind, urdu, ingliz, qozoq, koreys, turk va rus tillariga tarjima qilingan.







