Jamiyat

2021-yil birinchi yarmi maʼmuriy sudlar faoliyati haqida maʼlumot berildi

2021-yilda maʼmuriy sudlar tomonidan 7973 ta ommaviy nizolarga oid ish ko‘rilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 16 foizga ko‘p.

2021-yil birinchi yarmi maʼmuriy sudlar faoliyati haqida maʼlumot berildi

 

Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida Oliy sud raisi birinchi o‘rinbosari R.Mahmudova maʼlum qildi.

 

Ko‘rilgan ishlarning 52 foizga yaqini qanoatlantirilib, fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi.

 

Ushbu davrda eng ko‘p shikoyat arizalari mahalliy davlat hokimiyati ishidan (48 foizi), byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi faoliyatidan (33 foiz), Davlat soliq qo‘mitasi idoralari qarorlaridan (8.5 foiz) kelib tushgan.

Jahongir Qo'ziyev

2021-yil birinchi yarmi maʼmuriy sudlar faoliyati haqida maʼlumot berildi | Zamon.uz