Apple qurilmasi egalari WhatsAppga o‘z-o‘zidan o‘chiriladigan xabarlarni yuborishlari mumkin
Apple qurilmasi egalari WhatsAppga o‘z-o‘zidan o‘chiriladigan xabarlarni yuborishlari mumkin.


View Once funksiyasi messenjerning 2.21.140.9 beta-versiyasida allaqachon mavjud.
Taʼkidlanishicha, Android qurilmalaridan so‘ng iPhone va iPad foydalanuvchilari ham xabarlarni yuborishlari mumkin, ular maʼlum vaqtdan so‘ng qabul qiluvchidan o‘chiriladi. Ushbu maxfiylik opsiyasi, masalan, Instagram va Snapchatda mavjud.
View Once guruh chatlarida ham ishlaydi. Xat-xabarlarda yuborilgan tarkibni suhbatning har bir ishtirokchisi bir marta ko‘rishi mumkin va jo‘natuvchi uni kim aniq ko‘rganligini Axborot bo‘limida bilib oladi.
Bunday holda, funksiya ekranning skrinshotini olish va tarkibni o‘chirilmaguncha saqlash imkoniyatini beradi.
Nasiba To‘xtayeva







