Ishga kirish uchun bitta vakant o‘ringa o‘rtacha 20-22 nafar nomzod to‘g‘ri kelmoqda
Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida qayd etildi.


Bugungi kunga qadar respublikaning 60 ta vazirlik va idoralari hamda 206 ta tuman (shahar) hokimliklaridagi mavjud 7 094 ta vakant lavozim uchun tanlov eʼlon qilinib, 112 mingdan ortiq nomzodlar ishtirok etgan.
Bitta vakant o‘ringa o‘rtacha 20-22 nafar nomzod to‘g‘ri kelmoqda.
Eng ko‘p vakant lavozimlar uchun tanlovlar Davlat soliq qo‘mitasi (1 211 ta), Moliya vazirligi (1 053 ta), Xalq taʼlimi vazirligi (962 ta), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (703 ta) tizimida tashkil etilgan.
Bugungi kunga qadar ishga qabul qilinganlardan 734 nafari (38%) — 30 yoshgacha bo‘lgan kadrlar, 298 nafari (15%) davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilinganlarni tashkil etadi.







