JSST xavotirda — dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yana yomonlashmoqda
Koronavirusning “Hindcha” shtammi allaqachon 104 mamlakatga tarqalgan va bu holat tez orada dunyoda vaziyatning yomonlashuviga olib kelishi mumkin.


Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Gebreyesus aytib o‘tdi.
Mutaxassis virusning “delta” varianti boshqa mutatsiyalarga nisbatan yuqtirish darajasi yuqori ekanini taʼkidlab, u global epidemiologik vaziyatning yomonlashuvi va kasallik bilan zararlanganlar sonining ko‘payishiga ishora qildi.
"O‘tgan hafta ketma-ket to‘rtinchi marta dunyoda ”COVID-19" bilan kasallanganlar soni ko‘paygan. Bunday o‘sish JSSTning olti mintaqasida qayd etilgan", dedi Gebreyesus.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning asoratlari oqibatida o‘lim darajasi ham oshib bormoqda.
JSST Bosh direktori eng qiyin vaziyat koronavirus qarshi vaksinalar yetib borish imkoniyati cheklangan mamlakatlarda qolayotganini taʼkidladi.







