Jamiyat

Kosonsoyda sel kelishi oqibatida 8 kishi vafot etdi

Bugun, 13 iyul kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘lgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda

Kosonsoyda sel kelishi oqibatida 8 kishi vafot etdi

 

 

Maʼlum qilinishicha, ushbu sel oqimlari 13:35larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Obod” MFY hududidan o‘tuvchi “Kosonsoy” soyidan oqib kelgan.

Voqea joyiga viloyat FVB, IIB boshliqlari, Prokuratura organlari xodimlari chiqishgan hamda vaziyat nazoratga olingan.

Hodisa oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Hududda FVV qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Holat bo‘yicha dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

«Hodisa yuzasidan qo‘shimcha maʼlumotlar vakolatli organlar tomonidan taqdim etiladi», — deyiladi xabarda.

Kosonsoyda sel kelishi oqibatida 8 kishi vafot etdi | Zamon.uz