Jamiyat

Moskvada muhojirlar ommaviy mushtlashuvida o‘zbekistonliklar ishtirok etmagan – Tashqi migratsiya agentligi

Moskvada muhojirlar ommaviy mushtlashuv sodir etgandi. Unda O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida chiqqani aytilgan. Tashqi migratsiya agentligi mojaroda o‘zbekistonliklar ishtirok etmaganini maʼlum qildi.

Moskvada muhojirlar ommaviy mushtlashuvida o‘zbekistonliklar ishtirok etmagan – Tashqi migratsiya agentligi

 

 

«Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi xodimlari mamlakatimizning ushbu davlatdagi elchixonasi vakillari bilan birgalikda voqea joyiga borib, Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan muloqotda bo‘lib, vaziyatni o‘rgandi.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu ommaviy mushtlashuvda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etmagan», — deyiladi agentlik xabarida.

Moskvada muhojirlar ommaviy mushtlashuvida o‘zbekistonliklar ishtirok etmagan – Tashqi migratsiya agentligi | Zamon.uz