Jamiyat

O‘tgan olti oyda sog‘likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasiga oid ochilgan korxonalar soni maʼlum bo‘ldi

Statistika qo‘mitasi 2021 yilning dastlabki olti oyida sog‘likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasiga oid qancha korxonalar ochilganini eʼlon qildi.

O‘tgan olti oyda sog‘likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasiga oid ochilgan korxonalar soni maʼlum bo‘ldi

 

 

Unga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida 899 ta shunday korxona va tashkilotlar tashkil etilgan. Eng ko‘p korxona va tashkilot Toshkent shahrida (175 ta), Farg‘ona viloyatida (103 ta), Samarqand (87 ta) va Toshkent (77 ta) viloyatlarida ochilgan.

 

2021 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, Respublikada sog‘likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasiga oid jami korxonalar 9844 tani tashkil etmoqda.

O‘tgan olti oyda sog‘likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasiga oid ochilgan korxonalar soni maʼlum bo‘ldi | Zamon.uz