O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi vazirlik va tashkilotlarga ishga kirishni xohlashgan?
Bugungi kunga qadar respublikaning 60 ta vazirlik va idoralari hamda 206 ta tuman (shahar) hokimliklaridagi mavjud 7 094 ta vakant lavozim uchun tanlov eʼlon qilinib, 112 mingdan ortiq nomzodlar ishtirok etgan.

Har bir bo‘sh o‘ringa 20-22 nomzod to‘g‘ri kelmoqda. Eng ko‘p vakant lavozimlar uchun tanlovlar quyidagi tashkilotlart tizimiga to‘g‘ri kelgan:
• Davlat soliq qo‘mitasi-1211 ta;
• Moliya vazirligi-1053 ta;
• Xalq taʼlimi vazirligi-962 ta;
• Qishloq xo‘jaligi vazirligi-703 ta
Ishga qabul qilinganlarning 734 nafari (38%) — 30 yoshgacha bo‘lgan kadrlar, 298 nafari (15%) davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilinganlar tashkil etadi.
Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ishtirokida matbuot anjumanida aytildi. Unda respublika vazirlik va idoralariga ishga qabul qilish jarayonlari haqida maʼlumot berildi.







