2021-yil yanvar-iyun oylarida qaysi hududlarda eng ko‘p yangi korxonalar tashkil qilinganligini maʼlum qilindi
2021-yilning birinchi yarim yilligida fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz jami 54693 ta yangi korxonalar tashkil etilib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7053 taga ko‘p.

Unga ko‘ra eng ko‘p Toshkent shahrida (9139 ta), Qashqadaryo viloyati (6637 ta) va Samarqand viloyatida (5260 ta) yangi korxonalar tashkil etilgan. Quyida viloyatlar kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar berilgan:
Toshkent shahri – 9 139 ta
Qashqadaryo viloyati – 6 637 ta
Samarqand viloyati – 5 260 ta
Toshkent viloyati – 4 706 ta
Farg‘ona viloyati – 4 659 ta
Namangan viloyati – 3 515 ta
Surxondaryo viloyati – 3 311 ta
Andijon viloyati – 3 188 ta
Buxoro viloyati – 3 135 ta
Jizzax viloyati – 2 518 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 2 471 ta
Xorazm viloyati – 2 405 ta
Navoiy viloyati – 2 379 ta
Sirdaryo viloyati – 1 370 ta







