88 yilda birinchi marta: anomal issiqlik o‘limga olib kelishi mumkin
So‘nggi yillarda g‘ayritabiiy issiqlik o‘limning oshishiga olib keldi. Bu borada baʼzi maʼlumotlarni misol qilib keltirib o‘tamiz.

FAKT:
1 Ispaniyada anomal issiqlik sabab 17 yoshli o‘spirin vafot etdi.
2 AQSH da 2013 yil iyun oyidagi kuzatilgan Anomal issiqlik sabab bir kishi vafot etdi, 30 dan ziyod odam shifoxonaga tushgan.
3 Hindistonda 2015 yil anomal issiqlik sabab 2000 dan ziyod insonlar vafot etgan.
Ob-havo o‘ta issiq ketishi sabab inson vafot etishi mumkinmi?
Anomal issiqlik va issiqlik odamlarning mavjud kasalliklarning kuchayishiga olib keladi, bu shu bilan birga o‘lim bilan yakunlangan holatlari ham kuzatiladi. Issiqlikning sog‘liqqa taʼsiri barcha yoshdagilarga salbiy taʼsir etadi.
Bugungi kunda anomal issiqlik kuzatilayotgan baʼzi davlatlarga nazar tashlaymiz. Shu bilan birga maqolani o‘qish davomida Anomal issiqlikning sog‘liqqa zararlari va nimalar qilish kerakligini bilib olishingiz mumkin.
Anomal issiqlik Rossiyada
16-iyundan boshlab Rossiyada havo keskin isiy boshlagan. Haftaning oxiriga kelib, poytaxt mintaqasidagi harorat 32 darajaga ko‘tarilishi mumkin. Moskvada, taxminan, havo 34 darajaga qadar qiziydi, deb xabar berdi Rossiya Gidrometeorologiya markazining laboratoriya rahbari Lyudmila Parshin "Rossiya gazetasi"ga.
"20 iyun – bu kun uchun mutlaq maksimal harorat bo‘lishi mumkin. Rossiyada oxirgi marta 1956 yilda Moskvada havo 31,1 darajaga yetgan edi. Endi 32 daraja bo‘lishi mumkinligini kutilyapti", deb xabar bergan u. Parshina haftaning oxiriga kelib, issiqlik nafaqat kuchayadi, balki kelgusi kunlarda kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishini ham taʼkidlagan.
AQSHda
Anomal issiqlik AQSHning g‘arbiy hududlariga tahdid solmoqda. Ob-havo prognozlariga ko‘ra: Solt-Leyk-Siti shahrida +39°s, Montana shaharlarida +40°s, Kolorado shtatida +41°s. Melioratsiya byurosi qurg‘oqchilik allaqachon hududlarning 80 foiziga tahdid solayotganini aytdi.
Yong‘in holatlari allaqachon Janubiy Kaliforniyada qayd etilgan. O‘t o‘chiruvchilar olov bilan kurashishmoqda. Kaliforniyadagi yo‘llarning bir qismi transport uchun bloklangan. Energiya tizimi konditsionerlarning issiq sabab ommaviy foydalanishiga dosh bera olmayapti.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda qurg‘oqchilik keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlariga olib keldigan. Kaliforniyada 17 ming kvadrat metrdan ortiq yong‘in sodir bo‘lgan. Bu yong‘inda yuzlab uy xo‘jaliklari zarar ko‘rgan.
Dubayda
Odatda, doim tetiklashtiruvchi suv zonalari bo‘shatiladi, chunki uning harorati +30°s ga, keyin esa qirq darajaga yetadi! Umuman olganda, iyun oyida Dubayda ob-havo allaqachon dahshatli dahshatga aylangan. Kunduzi termometr o‘rtacha +39°s ga qadar ko‘rsatadi. Peshindan keyin soyada harakatlanish mumkin, lekin xonada qolish sog‘liq uchun yaxshiroq. Iyun oyida Dubayda tunda issiqlik o‘rtacha +31,5°s ga teng.
Iyul oyida esa o‘rtacha ko‘rsatkich +33°s bo‘lib, undan past bo‘lishini kutish foydasiz.
O‘zbekistonda
O‘zbekistonda anomal issiqlik haqidagi xabarlar 17 may kunidan boshlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda janubdan keladigan haroratning yozgi issiqqa xos bo‘lgan juda issiq havo taʼsirida bo‘ldi. Kunduzgi havo harorati 32-35° ga ko‘tarildi. O‘zgidromet havoning isib ketishi sabab 17-20 may kunlari respublikaning tog‘ va tog‘li hududlarida mahalliy yomg‘ir tufayli sel xavfi mavjudligini ogohlantirgan.
Iyun oyining birinchi haftasidanoq havo harorati 44-46°C ga qadar ko‘tarildi.
"So‘nggi paytlarda mamlakatimiz hududida 7-10°da yozning boshlanishi uchun normal qiymatlardan yuqori bo‘lgan g‘ayritabiiy issiq havo bor. Bu Eron hududlaridan quruq va issiq havo bilan bog‘liq", - deya xabar beradi O‘zgidromet.
Baʼzi manbalarga ko‘ra, O‘zbekistonda iyun oyining bu darajada issiq bo‘lishi so‘nggi 88 yilda sira kuzatilmagan.
19-22 iyun kunlari esa 40°s ga qadar issiq bo‘lishi kutilyapti.
Anomal issiqlik sog‘liq uchun qanchalik xavfli?
So‘nggi yillarda odamlar o‘zini yoz faslida issiq, quruq va quyoshli ob-havodan qutqarishga majbur bo‘lishmoqda. Qishloq aholisi daraxtlarning soyasida, uyda yoki suv omborlari yaqinida issiqdan saqlanishi mumkin. Lekin shahar aholisiga juda qiyin, chunki ular kunduzi va kechasi issiq asfalt yo‘llardan va uyning tosh devorlaridan keladigan issiq havodan nafas olishga majbur.
Anomal issiqlik inson salomatligiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Ko‘p terlash tufayli tanadagi suv va tuz meʼyori buziladi, natijada mushak hujayralarining oziqlanishi va tananing ishlashi yomonlashadi, yurak-qon tomir hujayralarining chastotasi oshadi. Issiqlik va quyosh zarbasi kabi issiqlikka taʼsir qilishdan ehtiyot bo‘lish kerak. Oftob urganining ilk belgilari namoyon bo‘lishi bilan odamda harorat ko‘tariladi, yurak urishi tezlashadi, bosh aylanishi va ko‘ngil aynishi paydo bo‘ladi. Xavfli holatlardan esa nazoratni yo‘qotish va talvasa kuzatilishi mumkin.
Anomal issiqda nima qilish kerak?
Issiqlikda suvsizlanishning oldini olish uchun tez-tez suv ichish kerak. Kunning eng issiq vaqtida suyuqlikni ko‘p isteʼmol qilmagan yaxshiroq. Asosiy suv miqdorini ertalab va kechqurun ichish kerak. Bu paytda tanada to‘qimalarda namlikni saqlash imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Issiq havoda suv, sharbat va gazli ichimliklarni kamroq ichish va muzqaymoq isteʼmol qilmaslik kerak. Issiq kunlarda faqat suv ichish yetarli emas, tarkibida kaliy, kalsiy va magnezium bo‘lgan mineral suvdan foydalangan yaxshi. Axir, anomal issiqlik xavfi nafaqat tananing suvsizlanishida, balki ter bilan birga chiqarilgan tuzlarning yo‘qolishida hamdir. Bu tuzlar tanaga kerak va ularni o‘rnini to‘ldirilish kerak.
Ammo shirin gazlangan "alkogolsiz ichimliklar"dan butunlay voz kechish kerak. Ular yoqimsiz issiqlikdan qutqarishi mumkin, ammo buyraklar va jigarga o‘ta zararlidir. Bu sog‘liq uchun juda xavfli, chunki g‘ayritabiiy issiqlik davrida buyraklardagi yuk juda keskin oshadi.
Shahnoza Xoliqova







