Emlanuvchilar vaksina turini mustaqil tanlash huquqiga ega — Nurmat Otabekov
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov ishtirokida tashkil etilgan brifingda yurtimizdagi epidemiyalogik holatga munosabat bildirildi.


Maʼlum qilinishicha, emlanishni istovchilar o‘zlari hohlagan vaksina orqali emlanishi, agar emlash punktlarida tanlangan vaksina bo‘lmasa, emlanishdan bosh tortishlari va vaksina kelishini kutishlari mumkin.
Bildirilishiga ko‘ra, Hozirga qadar respublikamizda 3 158 ta emlash punktlari tashkil etilgan. Ularda kuniga o‘rtacha 35 , 37 nafar fuqaro emlanmoqda. “Biroq, bu ommaviy emlash jarayonini amalga oshirish uchun juda kam ko‘rsatgich”, - deydi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 500 nafardan ko‘prog‘i o‘ta og‘ir ahvolda qolayotgani haqida xabar qilingandi.







