Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati finalidan keyingi mojarolar hali ham to‘xtamadi
Mag‘lubiyatdan jahli chiqqan angliyalik muxlislar Bolgariya bayrog‘ini olib tashlashdi.

Aslida o‘yin Italiyaga qarshi bo‘lib o‘tgan edi, ammo kimdir jahl ustida Italiya va Bolgariya bayroqlarini almashtirib qo‘ygan ko‘rinadi, u odam hatto Londondagi Bolgariya elchixonasi oldida ekanini ham unutib qo‘ygan.
To‘g‘ri, bu ikki bayroqda o‘xshash ranglar tasvirlangan, ammo ularning ketma-ketligi va yo‘nalishi umuman o‘xshamaydi.
Avval xabar qilganimizdek, Yevro-2020 chempionati finalidan so‘ng Londonda tartibsizlik kelib chiqdi. Natijada 130 dan ortiq odam qo‘lga olingan, 19 nafar politsiya xodimi jarohatlangan.







