Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida to'plangan 200 ga yaqin odamlar haqidagi xabarlarga IIB munosabat bildirdi

Unga ko'ra joriy yilning 13 iyul kuni taxminan soat 22.30 larda Toshkent shahriga Instagram va Youtube ijtimoiy tarmoqlarida “Subo” nomi bilan tanilgan bloger – 1999 yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi Mamedov Subxan Murad o'g'li tashrif buyurgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida to'plangan 200 ga yaqin odamlar haqidagi xabarlarga IIB munosabat bildirdi

Bundan oldinroq u o‘zining sahifasida tez orada Toshkentda bo‘lishini va obunachilari bilan uchrashib, ularga pul tarqatishini ma’lum qilgan. Poytaxtimizning Amir Temur hiyobonida Mamedov S.ni kutib olish uchun 150-200 ga yaqin fuqarolar yig‘ilgan.

Hozirgi kunda epidemiologik vaziyatni inobatga olib, yurtimizda karantin cheklovlari o‘rnatilganligi sababli, ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan fuqarolarga karantin qoidalariga rioya etishlari hamda ommaviy ravishda to‘planmasliklari tushuntirilgan va fuqarolar tarqatilgan.

Bloger Mamedov S. bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Mazkur voqeada qonun buzilishi holatlari va tartibsizliklar yuz bermagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida to'plangan 200 ga yaqin odamlar haqidagi xabarlarga IIB munosabat bildirdi | Zamon.uz