Muzokaraga usta Tuxel
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel klub takliflarini rad etib kelayotgan Romelu Lukaku bilan shaxsan o‘zi gaplashdi.

Transfer narxi 100 million yevroga baholanayotgan belgiyalik hujumchi germaniyalik murabbiy bilan suhbatdan so‘ng, faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishga rozi bo‘ldi. Lekin, Romelu Lukaku “Inter” rahbariyatidan uni qo‘yib yuborishlarini so‘ramasligini ham bildirdi. Agarda klublar o‘zaro kelishib, bu transferni amalga oshiradigan bo‘lsa, mohir to‘purar Londonga ko‘chib o‘tishga qarshilik qilmaydigan bo‘ldi. Tomas Tuxel qaysar hujumchini ko‘ndirishda Lukaku “Chelsi”ga muxlislik qilishi haqidagi faktlardan foydalangani aytilmoqda.







