2021-yilning birinchi yarmida qasddan odam o‘ldirish 49 foizga oshgan.
Bu haqida Sudlarning birinchi yarim yillik faoliyati tahlili hamda sohaga oid muhim va dolzarb masalalar to'grisidagi matbuot anjumanida ma'lumot berildi.


Sudlarda ko'rilgan ishlar tahlili shuni ko'rsatadiki 2021-yilning birinchi yarmida, 2020 yilning shu davriga nisbatan aliment to‘lash 53,9 foiz, taqiqlangan ekinlarni yetishtirish 14,4 foiz, qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekistonga kirish 13,5 foiz kabi jinoyat turlari kamaygan. Qasddan odam o‘ldirish 49 foizga, qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘irlikdagi shikast yetkazish 60 foizga, nomusga tegish 23,8 foizga, bosqinchilik 65,5 foizga, talonchilik 1,7 baravar, transport vositalarini olib qochish 60 foizga, giyohvandlik vositalari bilan noqonuniy muomala qilish 11,4 foizga kabi jinoyat turlari oshgan.







