"O‘zbekneftgaz" 482 fermer xo‘jaliklariga yoqilg‘i tarqatish shoxobchalarini sotadi
“O‘zbekneftgaz” AJ 482 ta fermer xo‘jaliklariga yoqilg‘i tarqatish shoxobchalarini fermer xo‘jaliklariga sotishga qaror qildi.

Bu haqda AJ matbuot xizmati xabar bermoqda. “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi M.Abdullayevning maʼlumotlariga ko‘ra ushbu qarorga quyidagi omillar sabab bo‘lgan:
Birinchidan, FYOTSHlar xizmat ko‘rsatayotgan hududlarning aksariyatida klasterlar tashkil etilgan bo‘lib, ular yoqilg‘i moylash mahsulotlari bilan o‘z-o‘zlarini taʼminlash tizimiga o‘tkazilganligi va natijada ushbu hududlardagi FYOTSHlar faoliyatiga ehtiyoj qolmagan.
Ikkinchidan, ehtiyoj yo‘qligidan ishlamayotgan FYOTSHlarning bino-inshootlarining eskirishi, nurashi, sig‘im va texnologik quvurlarda mahsulot bo‘lmaganligi sababli ularning korroziyaga uchrashi, bo‘sh turgan obyektlarga nisbatan oshirilgan soliq to‘lovi natijasida to‘lovchanlik qobliyatining pasayish ehtimolini paydo qilmoqda.
Ushbu qaror “O‘zbekneftgaz” AJning tegishli departamentlari boshliqlari hamda neft mahsulotlarini saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida muhokama qilinib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar va tushunchalar berildi.







