Jamiyat

Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbek qizi tillolarni olib, uyidan qochib ketdi. U erini sevmaganmidi? (video)

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyada o‘zbekistonlik kelin oiladagi qimmatbaho taqinchoqlarni o‘g‘irlab, qochib ketgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbek qizi tillolarni olib, uyidan qochib ketdi. U erini sevmaganmidi? (video)

 

Unda aytilishicha, Zebuniso turk oilasi tomonidan qilingan hadyalar va kiyimlarini olib, uyni tark etgan. Lavha davomida kelinning yangi oilasi o‘zlarining qizlari yo‘qligi bois, Zebunisoni o‘z qizlaridek qabul qilganini va juda yaxshi ko‘rib qolishganini aytishadi. Voqeadan so‘ng uni izlashadi, biroq topa olishmaydi. Bundan “shok”ka tushib, videotasvirlarni turk televideniyesining SHOW HABER dasturiga taqdim etishgan.

Kuyov, turmush qurgunga qadar ikki yosh sevishishganini, vaʼdalashganini aytadi. Ammo to‘ydan so‘ng bir necha kun o‘tib kelin boshqasini sevaman, degan. — Biz hadya qilgan hamma narsalari olib, qochib ketdi, deya gapiga qo‘shimcha qilgan kuyov.

Turk oilasining aytishicha, kelin 30 ming lira atrofida (1 ta nikoh uzugi, 2 ta bilak uzuk, va 4 ta medalyonga o‘xshagan tilla) o‘g‘irlab ketgan.

Qaynota hozir Zebunisoni politsiya izlayotganini, kelin qizi topilib uyiga kelishini, agar o‘g‘li bilan yashashni istamasa rasmiy ajrashib, so‘ng O‘zbekistonga ketishini talab qilmoqda.

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi:

“Ayni vaqtda Turkiyaning OAV va ijtimoiy tarmoqlarida (Tik Tok va Youtube) keng tarqalgan O‘zbekistondan Turkiyaga kelin bo‘lib tushgan va ayni vaqtda uyidan qochib, o‘g‘irlikda ayblanayotgan fuqaro D.Z.ga nisbatan qo‘yilayotgan ayblovlar bo‘yicha holat O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olinganini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Bosh konsulxona tomonidan mazkur ishni o‘rganib chiqish uchun advokat jalb qilingan. Qayd etilishicha, hodisaga qonuniy baho berilgandan so‘ng qo‘shimcha tarzda maʼlumot beriladi.

Bahriniso MADUMAROVA

Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbek qizi tillolarni olib, uyidan qochib ketdi. U erini sevmaganmidi? (video) | Zamon.uz