Jamiyat

Alisher Qodirov emlanmaganlarga qarshi keskin chora ko‘rishga chaqirdi

O‘zbekiston “Milliy Tiklanish” DP rahbari Alisher Qodirov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida har bir inson jamiyat oldida majburiyatlarga ega ekanini aytib, emlanmaganlarga nisbatan keskin chora ko‘rish lozimligini tavsiya qildi.

Alisher Qodirov emlanmaganlarga qarshi keskin chora ko‘rishga chaqirdi

 

Xususan, partiya rahbari “Tashkilot mehnat jamosining sog‘lom mehnat faoliyatini taʼminlash maqsadida xodimlariga koronavirusga qarshi emlanishni majburiy qilib qo‘ysa bo‘ladi.

 

Qolaversa, har birimizni bizga xizmat ko‘rsatayotgan bank xodimi, sotuvchi, haydovchi, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, tibbiyot va taʼlim sohasi xodimlarini kasallik tarqatuvchi emasligini kafolatlanishini talab qilishga haqqimiz bor.

 

Vaksina olishga majbur emassiz. Lekin, xavfsizlikni taʼminlash asosiy vazifasi bo‘lgan, bizning ishonchimiz bilan vakolatli bo‘lgan hukumat, epidemiologik xavfsizlikni taʼminlash maqsadida, emlanmaganlarning erkini cheklashi kerak.

 

Har birimiz erkin, lekin jamiyat oldida majburiyatlari bo‘lgan fuqaro ekanimizni unutmasligimiz kerak.

 

Hozircha virusni ihotalashning yakka-yu yolg‘iz yo‘li emlanish ekan, avvalo o‘zimiz va yaqinlarimizning, qolaversa, atrofimizdagilar xavfsizligi uchun emlanishimiz shart”,-deya yozib qoldirgan.

Alisher Qodirov emlanmaganlarga qarshi keskin chora ko‘rishga chaqirdi | Zamon.uz