Jamiyat

Iyun oyida avtomobillarga talab oshgan

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining avtomobil sanoatiga oid hisobotlari eʼlon qilindi.

Iyun oyida avtomobillarga talab oshgan

 

Unga ko‘ra, avtomobillarga talab 2021 yil iyun oyida mayga nisbatan  13.7 foizga oshgan. O‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan esa 12.9 foizga oshgan. Iyun oyida respublika bo‘ylab 18.9 mingta avtomobil ro‘yxatga olingan, shulardan 1171 tasini xorijiy avtomobil markalari tashkil etadi.

 

Yanvar-iyun oylarida eng ko‘p Namangan, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida avtomobillar davlat ro‘yxatiga olingan. Shuningdek, yanvar-may oylarida aholiga jami 2.67 trln so‘mlik avtokredit berilgan, bu 2020 yilning shu davriga nisbatan 40.5 foizga ko‘p.

Iyun oyida avtomobillarga talab oshgan | Zamon.uz