Kecha yurtimizda koronavirus sabab 4 nafar bemor vafot etdi
Kecha yurtimizda 493 nafar kishida koronavirus, 367 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi.

2021 yil 14 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 117902 (+493) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
31 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
31 nafari Andijon viloyatida,
20 nafari Buxoro viloyatida,
44 nafari Jizzax viloyatida,
18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
14 nafari Navoiy viloyatida,
23 nafari Namangan viloyatida,
33 nafari Samarqand viloyatida,
20 nafari Sirdaryo viloyatida,
28 nafari Surxondaryo viloyatida,
38 nafari Farg‘ona viloyatida,
10 nafari Xorazm viloyatida,
52 nafari Toshkent viloyatida,
131 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 367 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 27 nafar,
Andijon viloyatida 46 nafar,
Buxoro viloyatida 11 nafar,
Jizzax viloyatida 98 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 16 nafar,
Navoiy viloyatida 15 nafar,
Namangan viloyatida 27 nafar,
Sirdaryo viloyatida 25 nafar,
Farg‘ona viloyatida 23 nafar,
Toshkent viloyatida 29 nafar,
Toshkent shahrida 78 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 112941 (+395) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 785 nafarni tashkil qildi.







