O‘zbekiston elchixonasi va Berkshir grafligi vakillari uchrashdi
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi 13 iyul kuni Berkshir grafligida joylashgan Reding shahrida mahalliy hokimiyat vakillari, “Direktorlar instituti” mahalliy professionallar assotsiatsiyasi aʼzolari, Commonwealth Pharmacists Association tashkiloti va bir qancha britaniyalik tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi maʼlum qilmoqda.


Elchixona maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston viloyatlari va Berkshir grafligi ishbilarmon doiralari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Britaniya tomoni ko‘plab sohalar, jumladan infrastruktura loyihalari, qishloq xo‘jaligi, AKT, farmatsevtika, charm sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishda amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ulkan qiziqish mavjud ekanligini etdi.
Tashrif doirasida o‘zbekistonlik diplomatlar “Thames valley Business Park” innovatsion parkka ham borishdi. Uchrashuv so‘nggida ikki tomonlama aloqalarni yana-da kengaytirishga kelishib olindi.







