Jamiyat

Prezident Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan XXR Tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi.

Prezident Xitoy Xalq Respublikasi  tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklikni mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

XXR tashqi ishlar vaziri Prezidentimizga Xitoy rahbari Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Van I O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo bog‘liqligini rivojlantirish tashabbuslarini qo‘llab quvvatladi. Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar sohalar va ko‘p qirrali hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarida qo‘shma dastur va loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Pandemiyaga qarshi kurashda yaqindan hamkorlikni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.

Xalqaro kun tartibi, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashindi.

Prezident Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirini qabul qildi | Zamon.uz