Samarqandda “gazchilar” 252,9 million so‘mni “yutib yuborgan”
«Samarqandtumangaz» shirkatining bir guruh xodimlari 252,9 million so‘mni noqonuniy ravishda o‘zlashtirishgan.

«Samarqandtumangaz» shirkatida o‘tkazilgan tekshiruvda maʼlum bo‘lishicha xodimlarning bir guruhi katta miqdordagi pullarni noqonuniy ravishda o‘zlashtirishgan.
Tashkilot xodimlari suyultirilgan gaz to‘ldirilgan ballonlarni o‘rnatish uchun 26 ming so‘mdan pul olishgan. Aslida bazaviy stavka narxi 22 400 so‘m etib belgilangan. Shu tariqa o‘rnatilgan 32 ming gaz ballonlari orqali kompaniyadan 252,9 million so‘m mablag‘ o‘g‘irlangan.
Ushbu fakt bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ushbu voqeaga aloqadorlarning barchasi qo‘lga olingan va ular o‘z ayblariga iqror bo‘lishgan.







