Jamiyat

Turkiya tashqi ishlar vaziri Toshkentga qaytdi

Joriy yilning 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish maqsadida, yurtimizga tashrif buyurgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu dastlab, Farg‘onada bo‘lib, Marg‘ilon Hunarmandlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Toshkentga qaytdi

Tashrif davomida Oltiariq tumanidagi uzumchilik bog‘lari, poliz ekin maydonlarida bo‘lib, vodiylik dehqonlar bilan samimiy suhbat qurgan Mevlut Chavusho‘g‘lu va bir guruh mehmonlar Qo‘qon tomon yuzlandi.

 

Dastavval, mehmonlar viloyatdagi oliy o‘quv yurti — Qo‘qon universiteti faoliyati, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 

 

Mehmonlarning navbatdagi manzili qadimiy obida Xudoyorxon saroyi bo‘ldi.

 

Shundan so‘ng, Jome’ majmuasiga tashrif buyurgan martabali mehmon mashhur Qo‘qon holvasining tayyorlanish jarayoniga guvoh bo‘ldi. Qo‘qon shahrining boy tarixi, madaniyati va hunarmandchilik an’analari bilan yaqindan tanishdi. 

 

Shuning bilan, Turkiya tashqi ishlar vazirining Ho‘qandi latifda bo‘lgan tashrifi nihoyalanib, Toshkent shahriga yo‘l oldi.

 

Ma’lumot o‘rnida, poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada Afg‘oniston va Pokiston davlatlari rahbarlari, Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vise-prezidenti Jozef Borrel va 20 dan ziyod mamlakat tashqi ishlar vazirlari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi. 

 

Eslatib o‘tamiz, har bir davlat delegasiyasiga o‘zbekistonlik bo‘lajak diplomat talabalardan vakillar hamrohlik qiladi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Toshkentga qaytdi | Zamon.uz