Agarda kunlik kassalikпa chalinish sonlari ortsa karantin kuchaytiriladi
Sevara Ubaydullayevaning aytishicha, bugungi kunda Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy tarmoqlarida eʼlon qilinayotgan statistik maʼlumotlar kunlik nazoratini kuzatish mumkin.

Baʼzida ko‘tarilish, baʼzida tushish qayd etilayotganiga qaramay, o‘rtacha qiymat bir xil darajada ushlanib turibdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, karantin qoidalarining kuchaytirilishi bo‘yicha talablar mavjud. Unda yangi kasallanganlar, mavjud davolash maskanlari va resurslar hamda kasallanganlar va tuzalayotganlar solishtiriladi, belgilangan chegara holatdan ortsa, shu vaqtda karantin kuchaytirilishi belgilanadi.







